Tag'i birgemiz!
www.NURMANOV.com
Piyshembi, 19.06.2025,   03:44   Приветствую Вас, Miyman | RSS
Главная » 2012 » Noyabr » 22 » Nasriddin Afandining yangi sarguzashtlari...
14:59
Nasriddin Afandining yangi sarguzashtlari...
Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib,
istehzo bilan dedi:
— Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz?
— E-e, so'ramang, qo'shnijon,— dedi unga javoban Nasriddin,— Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...


— Doktor,— dedi kulimsiragancha Nasriddin,
— nimaga menga tilingni chiqargin, dedingiz-u, o'zingiz unga qiyo ham qarab qo'ymadingiz?
— Resept yozib bergunimcha bir past jim turishingizni xohlagandim,— dedi vrach ham kulimsiragancha.


— Mening xotinimni yaxshilab bir ko'rib quysangiz,— deya iltimos qildi Nasriddin vrachdan.— Unda qandaydir g'alati odatlar paydo bo'lib qoldi.
— Xo'sh... Masalan, qanday odatlar?
— Bilasizmi,— tushuntira boshladi xotiniga mehribon bo'lgan Nasriddin,
— ilgari u chakagi chakagiga tegmay javragani-javragan edi, men ham bunga ko'nikib qolgan edim.
Endi esa gapiradi, gapiradi-da, birdan jim bo'lib qoladi. Buning sababi nimada?

Bir kishi mashhur turk shoiri Mahmad Akif Ersoyni mazax qilmoqchi bo‘libdi:
-Afandim, siz mol do‘xtirligini bitirgan edingiz-a?
-Ha, bir yering og‘riyaptimi?!

Bir olim g‘iybatchiga debdi:
-Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si kamaydi, ammo bu to‘kilgan obro‘ senikiga kelib qo‘shilmaydi-ku!

— Doktor, ancha yaxshi bo'lib qoldim. Davolaganingaz uchun sizga qancha to'lashim kerak?
— Hali vaqt bor, shoshilmang. Haq to'lash uchun kuch-quvvatga to'lganizcha yo'q.


Taniqli doktor hali nom qozonmagan yosh vrachning huzuriga keldi.
— Sizning huzurimga kelishingizning o'zi menga katta baxt,— dedi yosh vrach.— Lekin nega siz o'zingizni o'zingiz davolamaysiz?
— Bilasizmi,— dedi taniqli doktor,— davolaganim uchun bemorlardan juda katta pul olaman, O'zimni o'zim davolaydigan bo'lsam, unga to'lashga pulni qayoqdan topaman.

Bir boy qariya kasal bo'lib qoldi. Buni eshitgan Nasriddin hol-ahvol so'rash uchun keldi. Ketayotganda esa, bemorning uyidagilarga ta'ziya bildirdi.
Bola-chaqalari Nasriddinga deyishdi:
— U kishi hali o'lgani yo'q-ku, nimaga ta'ziya bildiryapsiz?
— Gapimga tushunmadinglar,— dedi Nasriddin,
— men uning umrbod rohat topishini o'ylab, sizlarga ta'ziya bildirib, duo o'qidim.
Bundan tashqari, u o'lib-netib qolsa, yana ta'ziya bildirish uchun kelishga vaqtim bo'lmasligi mumkin.
Shuning uchun hozir bir yo'la hammasini qilib ketganim ma'qul.


Nasriddin tizzasi og'riyotgan bemorni ko'rish uchun bordi.
— Sening kasaling to'g'risida,— dedi u, — arab shoiri Jarisning ajoyib she'ri bor, uning qanday boshlanishini faqat men bilaman.
— Shu bilganingni o'zinigina aitib bera qol, — iltimos qildi bemor. Shundan so'ng Nasriddin yoddan o'qiy boshladi:
— Tizza og'rig'iga yo'qdir davo...
Buni eshitgan bemor shu zahotiyoq dedi:
— Bo'ldi, bo'ldi. O'sha she'rning bir misrasi ham yodingda qolmagani ma'qul edi...

Boshi aralash jag'ini boylab olgan Nasriddin ko'chada ketayotgandi, bir tanishi uchrab qolib dedi:
— Xudoning o'zi umringizni uzoq qilsin. Nimaga aft-basharangizni bog'lab oldingiz?
— Mana to'rt kunki,— dedi Nasriddin hasratidan chang chiqib, — tish og'rig'idan qutula olmayapman.
— Agar mening tishim og'risa, — dedi Nasriddinning tanishi,— shartta oldirib tashlagan bo'lardim.
— Agar sizning tishingiz og'risa,— dedi Nasriddin,— men ham shartta sug'urtirib tashlagan bo'lardim.

Bir necha kishi daladan topib olishgan kompaslarini ko'tarib, Nasriddinning oldiga olib kelishdi:
— Bu qanaqa narsa, nima deb o'ylaysiz?
Nasriddin xayolga toldi, keyin birdan ho'ngrab yig'lab yubordi. Lekin oradan ko'p o'tmay, ko'z yoshlarini qo'li bilan artida, xaxolab kulishga tushdi.
— Sizga nima bo'ldi?— ajablanib so'rashdi undan.
— Bir yig'laysiz, bir kulasiz...

— Oldiniga,— dedi Nasriddin,— omiligingizga, bu narsa nimaga ishlatilishini bilmaganingizga yig'ladim. Kulishimning boisi, bu narsa nimaligini o'zim ham bilmas ekanman.

Nasriddin Afandi yana qanday sarguzashtlarni boshidan kechirar ekan?

Категория: Du'niya jan'aliqlari | Просмотров: 1553 | Добавил: admin | Теги: nasriddin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
0  
Автор: grand_boys    Пост: 2
ajayip sarguzashtlardan boldi minawin jora!!! ))))) ku'lsembeken ya ))))))))))))))))))))))))))))))))))))) bilayma?
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
www.NURMANOV.com Сompany slogan here
Copyright www.NURMANOV.com ©